"Yapon tilida notiqlik san'ati" 33 Respublika tanlovi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 23 fevral kuni JDU universitetida Yaponiya Fondi, O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari jamiyati, Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, JDU universiteti hamda Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan Yapon tilida notiqlik san’ati bo‘yicha 33-Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov avvalida Yaponiya elchisi janob HATORI Takashi tabrik so‘zi bilan chiqib, yapon tilini o'rganayotgan talabalarni, shu jumladan tanlov ishtirokchilarini qo'llab-quvvatladi.
Tanlov ishtirokchilari har kuni yapon tilini o‘rganish natijalarini to‘liq namoyish etdilar va va bosh sovrin uchun bellashuv juda yuqori saviyada o‘tdi.


1-o‘rin – Shavkatova Mubina (O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)
2-o‘rin – Samandarov Temur (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti)
3-o‘rin – Saidnasimov Saidasrorxo'ja (JDU Universiteti)
4-o‘rin – Gilmutdinov Ildan (O‘zbek-Yapon markazi)
5-o‘rin – Tillayev Xusniddin (JDU Universiteti)
6-o‘rin – Ahmadjonov Doniyorbek (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti)
Dastlabki to‘rtta o‘rinni egallagan g‘oliblar Markaziy Osiyo miqyosida Yapon tili notiqlik san’ati tanloviga yo'llanmani qo‘lga kiritdilar.

