O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Boshqarmasining sobiq boshligi janob Alisher Axunjanovga «Сhiqayotgan quyosh ordenining rozetkasi" bilan taqdirlandi

2026/9/16
1
2
3

  Joriy yilning 11-sentabr kuni Yaponiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boshqarmasining sobiq boshlig‘i janob Alisher Sabirovich Axunjanovga 2026-yilgi bahorgi mukofotlash marosimi doirasida «Quyosh chiqishi ordenining rozetkasi» bilan taqdirlanganligi munosabati bilan davlat mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  Janob Axunjanovning mukofot bilan taqdirlangani haqidagi ma’lumotni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi veb-saytidagi tegishli maqoladan olish mumkin. (https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/medalakhunjanov.html)

  Marosim davomida Elchi Xirata janob Axunjanovni yuksak davlat mukofoti bilan tabriklab, uning Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi munosabatlarni rivojlantirishga ko‘p yillar davomida qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi hamda xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng Elchi Xirata janob Axunjanovga mukofot to‘g‘risidagi yorliq va ordenni tantanali ravishda topshirdi. O‘zining javob so‘zida janob Axunjanov ushbu mukofot bilan taqdirlanganidan mamnunligi va minnatdorligini bildirdi, shuningdek, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning yanada rivojlanishiga umid bildirdi.

5
4
6

  Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi janob Axunjanovga Yaponiya-O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘plab xizmatlari va hamkorligi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiradi hamda uni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaydi.