Yaponiya davlat byudjeti hisobidan deportatsiyani amalga oshirish
Joriy yilning 24-aprelida Yaponiya Immigratsiya Xizmatlari Agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan 2 nafar O’zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Fuqarolardan biri Yaponiyaga “talaba” vizasi bilan kirgan, ammo keyinchalik o’qishdan haydalganiga qaramay, mamlakatda noqonuniy ravishda qolib ketgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan. Yana bir fuqaro qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat berilgan qolish muddati tugashiga qaramay mamlakatdan chiqib ketmagan.
“Turizm”, “Yaqinlarni ko’rish”, “Biznes (konferensiya, madaniy almashinuv kabi)” maqsadidagi qisqa muddatli viza bilan Yaponiyada ishlash qat’iyan man etiladi. O’zbekistonda qarz (kredit) olib bo’lsa ham Yaponiyaga o’qishga borsangiz va yapon tilini o’rgana olmay o’qishdan chetlatilsangiz, Yaponiyada yashash maqomingiz bekor qilinadi (yashash maqomidan mahrum etilasiz).
Yaponiyaga “Turizm” yoki “Talaba” maqomidagi viza bilan kirib, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan chaqiruvlar butunlay yolg’on. Shu kabi yolg’on maqsadlar bilan Yaponiyaga kirishga yo’l qo’yilmaydi. “Talaba” vizasi ishlash uchun emas, balki faqatgina mamlakatda o’qish uchungina beriladi. Agarda mamlakatda noqonuniy ravishda yashayotgan shaxslar aniqlansa, ular politsiya tomonidan hibsga olinadi va bunday shaxslarga nisbatan immigratsiya muassasasida ushlab turish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko’riladi. Bundan tashqari, Yaponiya hukumati - shu kabi shaxslar haqida O’zbekiston hukumatiga ma’lumotlarni berib borayotganligi sababli, O’zbekistonga qaytgandan keyin ham ularga nisbatan tegishli choralar ko’rilishi mumkin. Shu sababli, “Yaponiyada ishlash mumkin” deb da’vo qiluvchi vositachilarning va’dalariga osonlik bilan ishonib qolmang, ogoh bo’ling!
