Japan Education Fair 2026 ta’lim ko‘rgazmasining o‘tkazilishi haqida

24-oktabr kuni Azimut Grand Hotel mehmonxonasida “Japan Education Fair 2026” ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchisi O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) bo‘lib, Nagoya universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tsukuba universiteti hamkor tashkilotchilar sifatida ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida, shuningdek, Yaponiya talabalarni qo‘llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) hamkorligida o‘tkazildi.
Bu yilgi ko‘rgazmada 23 ta universitet o‘z stendlari bilan ishtirok etdi (ulardan uchtasi faqat tarqatma axborot materiallarini taqdim etdi). Shuningdek, universitetlar vakillari taqdimotlar o‘tkazib, Yaponiyada ta’lim olish va talabalar hayoti haqida turli ma’lumotlarni taqdim etdilar.Ishtirokchilar universitetlar va tashkilotlar vakillariga faol ravishda savollar berib, Yaponiyada tahsil olish haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirdilar. Bu yil ham, o‘tgan yilgidek, Yaponiyada ta’lim olishga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar Toshkentdan so‘ng Samarqand va Buxoro shaharlarida ham o‘tkaziladi.
Ochilish marosimida Ta’lim va fan vazirining birinchi o‘rinbosari janob Yuldashev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari janob Kasimov hamda UJC direktori janob Paygamov tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar. Yaponiya elchisining tabrik nutqini Elchixona kotibi janob Horie o‘qib eshittirdi. Ko‘rgazmada Yaponiya elchixonasi ham o‘z stendi bilan ishtirok etib, Yaponiya hukumati tomonidan xorijiy talabalar uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlari haqida ma’lumot berdi. (Yaponiya hukumati stipendiya dasturi haqida ma’lumot: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/programMEXT.html)
