Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi dasturlari
YAPONIYA HUKUMATINING GRANT O‘QUV DASTURLARI
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Yaponiya hukumatining quyida ko‘rsatilgan o‘quv dasturlariga tanlov e’lon qiladi.
DASTUR | O‘QISH MUDDATI ILMIY DARAJA
|
JADVAL
|
TADQIQOTCHI TALABA
|
1 yildan ortiq (o‘qish kursiga qarab farqlanadi - tadqiqotchi, magistratura, doktorantura) Magistr, doktorlik darajasi (faqat magistratura yoki doktoranturaga qabul qilinganda)
|
Qabul: aprel Yozma test va suhbat: iyun-iyul Natijalar haqida xabar berish: kelgusi yilning dekabr-yanvar oylari Ketish: aprel yoki oktyabr
|
TALABA
|
4 yil (yapon tilida 1 yillik tayyorgarlik kursini hisobga olgan holda - muddat 5 yilni tashkil qiladi) Bakalavr darajasi
|
Qabul: aprel Yozma test va suhbat: iyun-iyul Natijalar haqida xabar berish: kelgusi yilning dekabr-yanvar Ketish: aprel yoki oktyabr
|
YAPON TILI VA YAPONIYA MADANIYATI
|
1 yil
|
Qabul: yanvar oyining oxiri - fevral oyining boshi |
O‘QITUVCHILAR UCHUN DASTUR
|
1 yil 6 oy
|
|
YOSH LIDERLAR
|
1 yil (maxsus magistratura kursi) |
Qabul: iyul-oktyabr o‘rtalari |
YAPONIYA HUKUMATINING GRANT O‘QUV DASTURLARI BO‘YICHA
TEST IMTIHONLARI
Test imtihonlari tanlangan mutaxassislikka qarab farqlanishi mumkin.
TADQIQOTCHI TALABA | ingliz/yapon tillari | |
---|---|---|
TALABA | ||
GIF | huquqshunoslik, siyosatshunoslik, pedagogika, sotsiologiya, adabiyot, tarix, yapon tili, iqtisodiyot, menejment va boshqalar. | matematika, ingliz/yapon tillari |
TF-А | matematika, fizika, kimyo, biologiya, elektronika, elektrotexnika, mexanika, qurilish va arxitektura, amaliy kimyo, kimyo muhandisligi, sanoat kimyosi, to‘qimachilik muhandisligi, metallurgiya, tog‘-kon metallurgiyasi, biotexnologiya | matematika, kimyo, fizika, ingliz/yapon tillari |
TF-В | qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, veterinariya, o‘rmon xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, hamshiralik | matematika, kimyo, biologiya, ingliz/yapon tillari |
TF-C | tibbiyot, stomatologiya | matematika, kimyo, biologiya, ingliz/yapon tillari |
YAPON TILI VA MADANIYATI | yapon tili | |
O‘QITUVCHILAR UCHUN DASTUR | ingliz/yapon tillari |
O‘quv dasturlari, so‘rovnomalarni to‘ldirish va boshqalar bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, (78) 120-8076/60/61/62 telefon raqami orqali elchixonaning Madaniyat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin
Ish vaqti: 09:00 dan 13:00 gacha va 14:30 dan 18:00 gacha
1.Tadqiqotchi talaba / Research Students (2025 o'quv yili uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi)
Yaponiyada Tadqiqotchi talaba sifatida o‘qish, keyin esa magistratura/doktoranturaga kirish imkonini beruvchi dastur. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra Yaponiyada o‘qish uchun tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari Yaponiya Ta’lim vazirligiga yuboriladi. Grantning davomiyligi stipendiya oluvchi tomonidan tanlangan o‘qish kursiga bog‘liq.
2. Talaba / Undergraduate Students Students (2025 o'quv yili uchun arizalarni qabul qilish yakunlandi)
Yaponiya universitetlarida 5 yil davom etadigan ta’lim dasturi. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra Yaponiyada o‘qish uchun tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari Yaponiya Ta’lim vazirligiga yuboriladi. Tayyorlov kursi intensiv yapon tili kursini va asosiy fanlar bo‘yicha darslarni (Yaponiya bo‘yicha mamlakatshunoslik, matematika, ingliz tili, mutaxassislik bo‘yicha kirish kurslarini) o‘z ichiga oladi. O‘qish yakunlangach, bakalavr darajasi beriladi.
3. Yapon tili va yapon madaniyati / Japanese Studies Students (2025-o‘quv yili uchun arizalar 2025-yil 27-yanvargacha qabul qilinadi)
« “Yapon tili va Yaponiya madaniyati dasturi” yapon tili, mintaqashunoslik va yapon madaniyati sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan. Dasturning maqsadi Yaponiya va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat. Ta’lim olish muddati – 1 yil.
4. O‘qituvchilar uchun dastur / Teacher Training Students (2025-o‘quv yili uchun arizalar 2025-yil 27-yanvargacha qabul qilinadi)
O‘qituvchilar uchun dasturi maktab ta’limi sohasida (asosan ta’lim sohasida boshqarish, o‘qitish metodikasi) tadqiqot olib borish dasturidir. 35 yoshdan katta bo‘lmagan, oliy o‘quv yurti yoki pedagogika bilim yurti (kollej) bitiruvchisi, boshlang‘ich yoki o‘rta maktab, litsey yoki kollejda kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar ushbu dasturda ishtirok etishlari mumkin. Amaliyot muddati 1 yil 6 oy.
5. Yosh Liderlar / Young Leaders' Program Student
Osiyo davlatlarida bo‘lajak lider bo‘lib yetishib chiqishga intilayotgan davlat xizmatchilari, tibbiyot, sanoat, huquq va boshqa sohalardagi xodimlar uchun mo‘ljallangan “Yosh liderlar” dasturi Yaponiya universitetlarida bir yillik ta’lim dasturini taklif qiladi, kurs tamomlangach magistr darajasi beriladi. Barcha ma’ruzalar ingliz tilida olib boriladi.
Ushbu dastur 3 ta kursdan iborat:
1) Davlat boshqaruvi (School of Government)
2) Mahalliy boshqaruv (School of Local Governance)
3) Huquqshunoslik (Law)
Ushbu dasturda 40 yoshgacha bo‘lgan, oliy taʼlim muassasasida aʼlo darajali maʼlumotga ega, davlat organida 3 yildan 5 yilgacha va undan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Ingliz tilini bilish ham talab etiladi: TOEFL (yozma test) – 550 ball yoki TOEFL-CBT – 213 ball yoki uning ekvivalenti.
Rasmiy boshqaruv organlaridan tavsiyanoma olgan nomzod Yaponiya elchixonasi orqali Yaponiya universitetiga tavsiya etiladi. Qabul qilingan Yaponiya universiteti hujjatlarni tekshirish, suhbatlar va qisqa test sinovlari orqali tanlov o‘tkazadi. Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari yakuniy ko‘rib chiqish uchun Yaponiya Ta’lim vazirligi huzuridagi “Yosh liderlar” dasturi tashkiliy qo‘mitasiga yuboriladi.
Yosh liderlar dasturi (YLP) 2024-yil uchun ;