Yaponiya Elchisi janoblari rafiqasi bilan Farg‘ona va Andijon viloyatiga tashrif buyurishdi

2024/11/26

  21-23 noyabr kunlari janob elchi rafiqasi bilan Oʻzbekistonning Qoʻqon, Fargʻona, Rishton, Andijon kabi shaharlariga tashrif buyurushdi. Ushbu safar davomida janob elchi va uning rafiqasi Farg‘ona shahar hokimiga ehtirom tashrifini bildirib, ushbu viloyatlardagi yapon harbiylarning qabristonlariga, uzoq yillar davomida yapon tilidan bepul darslar o‘tkazilib kelinayotgan “Noriko Gakkyu” yapon tili maktabiga, Farg‘ona politexnika instituti va Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi.
 
1.Qo‘qondagi yapon harbiylarning qabristonlariga tashrif (21 noyabr)
  Janob Elchi rafiqasi bilan yapon harbiylarning qabristoniga tashrif buyurdi. Elchixona Qo‘qon shahri aholisiga qabriston hududini ozoda saqlash uchun qilayotgan kundalik mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
 

 

 

2. “Noriko Gakkyu” maktabiga tashrif (21 noyabr)
  Maktab o‘quvchilari tomonidan ajoyib sahna ko‘rinishlari tayyorlanib, qo‘shiqlar kuylandi va qizg‘in fikr almashildi.
Joriy yilning oktyabr oyida maktab direktori janob Nazirov ta’lim sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 2024-yilgi Yaponiya Tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. (URL: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ja/nazirovganisheawarding.html).
 

 

 
 
3. Farg‘ona politexnika universitetiga tashrif (22-noyabr)
  Janob elchi rafiqasi bilan universitetda yapon tilini o‘rganayotgan talabalar bilan uchrashib, suhbatlashdi.
 

 

 

4. Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universitetiga tashrif (22 noyabr)
  Delegatsiya universitetda yapon tili kurslarining ochilishi va yapon professori Kazuhiro Wakabayashi tomonidan tuzilgan lug‘atning nashr etilishiga bag‘ishlangan marosimga taklif qilindi, universitet hududida joylashgan ta’lim markazlari bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Shuningdek, Universitet rektori janob Mamasadiqov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 

 

 

5. Farg‘ona viloyati hokimiga ehtirom tashrifini bildirdi (22 noyabr)
  Janob elchi va uning rafiqasi Farg‘ona viloyati hokimi janob Bozorov bilan uchrashib, Yaponiya va Farg‘ona viloyati o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
 

 

 
 
6. Farg‘onadagi yapon harbiylarning qabristoniga tashrif (22 noyabr)
  Janob Elchi rafiqasi bilan yapon harbiylarning qabristoniga tashrif buyurdi. Elchixona Farg‘ona shahri aholisiga qabriston hududini ozoda saqlash uchun qilayotgan kundalik mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
 

 

7. Andijon viloyatidagi yapon harbiylarning qabristoniga tashrif (23 noyabr)
  Delegatsiya yapon harbiylarning qabristonini ziyorat qildi. Delegatsiya a’zolari qabriston tozaligi va tartibini muntazam ta’minlab kelayotgan qabriston qarovchilari bilan suhbatlashib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.