Yaponiya ishlaridagi vaqtinchalik ishonchli vakil Nakayama janoblari "Xigashikavaning fotosuratlar shahri sifatida 40 yilligi: Xigashikava fotoko'rgazmasi" ochilish marosimida ishtirok etdilar

2025/10/14
1
2
3

  2025 yilning 11 oktyabr kuni Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida "XIGASHIKAVANING FOTOSURATLAR SHAHRI SIFATIDA 40 YILLIGI: XIGASHIKAVA FOTOKO'RGAZMASI" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning tashkilotchilari: Higashikawa shahar hokimligi, “Higashikawa Town Promotion Public Corporation Ltd”. Hamkor tashkilotchilar: “General Incorporated” Fondi, “O`zbekiston–Yaponiya Ipak yo`li” Fondi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Yapon Fotosurat Instituti va Ikuo Hirayama Xalqaro Madaniyat Karvonsaroyi ko‘magida tashkil etildi.

4
5
6

  2025-yil 1-iyun kuni Xigashikava shahri “Fotosuratlar shahri deklaratsiyasi”ning 40 yilligini nishonladi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida yapon muallifi Yukinori Otsuka hamda boshqa mualliflarning Xigashikava shahrining zamonaviy ko`rinishini aks ettiruvchi 50 ta asar namoyish etilgan. Shuningdek, ko’rgazmada “Fotofestival”, “Yoshlar festivali” va “Foto Koshien” kabi fotosuratlar shaharchasini ifodalovchi tadbirlardan olingan suratlari ham namoyish etilmoqda. 
  Ko`rgazma joriy yilning 19 oktyabrgacha davom etadi.

7
8