Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyida “Yapon madaniyati kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025/8/4





“Yapon madaniyati kunlari” Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyi, O‘zbekiston-Yapon markazi hamda O‘zbekistondagi “Urasenke” choy guruhi hamkorligida tashkil etilgan.
Tadbirning ochilish marosimi joriy yilning 1-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Hatori hamda Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyi direktori janob Usmonov tabrik nutqlaribilan ishtirok etdilar.


Ochilish marosimidan so‘ng O‘zbekiston-Yapon markazining dutor kursi tinglovchilari chiqishi, an’anaviy kimono kiyish san’atining namoyishi, shuningdek, Elchi qarorgohi bosh oshpazi janob Akiyama tomonidan an’anaviy yapon taomi – onigirining tayyorlanish jarayoning namoyishi bo‘lib o‘tdi.




2–3 avgust kunlari darumaga naqsh solish, sashiko usuli, origami yasash va boshqa an’anaviy yapon san’atiga bag‘ishlangan mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu mahorat darslarda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdilar.
1–10 avgust kunlari Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyida yapon taomlariga bag‘ishlangan surat ko‘rgazmasi, “Kabuki teatri aktyorlari” nomli yapon ksilografiya, shuningdek, an’anaviy yapon kiyimi – kimono va obi belbog‘lariga oid ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.