Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyi Direktori janob Usmanov Farrukh Umatalievichning Imperator ordeni bilan taqdirlanishi haqida

2024/11/6
1
2 Fotosurat manbasi: Yaponiya Vazirlar Mahkamasi sayti (https://www8.cao.go.jp/shokun/shurui-juyotaisho-kunsho/kyokujitsusho.html)

  3 noyabr kuni Yaponiya Hukumati Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi Direktori janob Usmanov Farrukh Umatalievichni “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar” ordeni bilan taqdirlashga qaror qildi.
  “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar” ordeni eng yuqori darajadagi mukofot bo'lib, faqat yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi.
  Orden o‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda yapon madaniyatini ommalashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasining e’tirofi sifatida berildi.
  Yaponiyaning O’zbekistondagi Elchixonasi janob Usmonovga ko'p yillik faoliyati va hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, mukofoti bilan tabriklaydi va kelgusida samarali hamkorlikka umid qiladi.
  O'zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo'yicha maxsus vakili janob Kamilov va O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Raisi janob Nuridinov Yaponiya Hukumatining mukofotlariga sazovor bo‘ldilar.   Elchixona O‘zbekistondagi bunday mashhur insonlarning sa’y-harakatlari kelgusida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga umid qiladi.

 

Mukofot haqida ma'lumot

 
Mukofot nomi: “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar” ordeni (The Order of the Rising Sun, Gold and Silver Rays)
Xizmatlar: O‘zbek xalqini yapon madaniyati bilan tanishtirish, Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish
F.I.Sh: Usmanov Farrukh Umatalievich
Lavozimi: Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi Direktori
 
 

Janob Usmonov faoliyati haqida qisqacha ma'lumot

 
  2006 yildan janob Usmonov Farrux Umatalievich, 2002 yilda Tokio Tasviriy sanʼat universitetining sobiq rektori janob Ikuo Xirayama tomonidan asos solingan- Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyining direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Janob Usmonov oʻz faoliyatida Oʻzbekiston xalqini Yaponiya sanʼati va madaniyati bilan tanishtirish, shuningdek, arxeologik tadqiqotlar sohasida almashinuv dasturlarini tashkil etish orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.