“Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarining imzolanishi “Qon saqlash va tashish uchun uskunalar bilan ta’minlash loyihasi”
2025-yil 17-dekabr kuni Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili janob NAKAMURA Shinichiro va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri janob XUDAYAROV Asilbek Anvarovich Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshiriladigan 360 million iyena (taxminan 2,3 million AQSh dollaridan ortiq) miqdoridagi “Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi” beg‘araz yordami doirasida Almashinuv notalarini imzoladilar.
Ushbu dastur doirasida mamlakat boʻylab 14 ta hududiy qon markazlari va davlat klinikalari tasarrufidagi 3 ta qon quyish stansiyalari zamonaviy qon saqlash va tashish uskunalari bilan jihozlanadi. Mazkur loyiha mamlakatning donor qoniga boʻlgan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish bilan birgalikda, ixtiyoriy donorlar tomonidan berilgan qondan ishlab chiqarilgan qon mahsulotlarini oshiradi. Shuningdek, ushbu tashabbus Oʻzbekiston aholisi uchun xavfsiz qon mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, ilgʻor yapon texnologiyalaridan foydalanish orqali milliy sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishga hissa qoʻshishi kutilmoqda.
Joriy yilning 19-20 dekabr kunlari Tokio shahrida boʻlib oʻtgan birinchi sammit davomida, shuningdek, Davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotida (Tokio deklaratsiyasi) Markaziy Osiyoning beshta mamlakati bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash maqsadida yaratilgan “Tokio CA+JAD” (Central Asia + Japan Dialogue / Markaziy Osiyo + Yaponiya muloqoti) tashabbusi doirasida “sogʻliqni saqlash va tibbiyot sohasi” hamkorlikning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilangan edi. Mazkur hamkorlik ushbu sohaning amaliy timsolidir.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi.
