“Yaponiyada ta`lim olgan bitiruvchilar tomonidan ta'lim sohasida erishilgan yutuq va imkoniyatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

2024/1/30
1
2
3
4
5

  Shu yilning 26-yanvarida International Digital Universitetida“Yaponiya universitetlari bitiruvchilari klubi (UJUAC)”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda “Yaponiyada ta`lim olgan bitiruvchilar tomonidan ta'lim sohasida erishilgan yutuq va imkoniyatlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi XATORI Takashi qutlov so‘zi bilan chiqdi. Elchi janoblari o‘z nutqida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yapon tilini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashish zarurligini ta’kidladi. Seminarda International Digital Universiteting asoschisi – Hurramov Ibrohim, Central Asia Green Universiteting rektori – Salihov Jasur, Webster Universitetining professori, YUNESKO loyihalari milliy koordinatori – Radjabov Baxrom hamda O‘zbek-Yapon Markazi hamraisi – Nuriyev Shamshimuhammad o‘z taqdimotlarida ta’lim sohasida erishgan muvaffaqiyatlari, shuningdek, Yaponiyada o‘qishdan so‘ng olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

  Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng furshet bo‘lib o‘tdi, unda bitiruvchilar o‘zaro muloqot qilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishga muvaffaq bo'lishdi.

6
7
8
9