Yaponiya elchisi qarorgohida choy marosimi bo'lib o'tdi





14-may kuni Yaponiya elchisi qarorgohida O‘zbekistonda yashovchi «Urasenke» maktabining choy marosimi o‘qituvchisi Erika KUZMINOVA xonim tomonidan uyushtirilgan choy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Choy marosimiga yapon tilini o‘rganayotgan talabalar taklif qilinib, ular choy yo‘li falsafasi bilan tanishdilar, hamda Kuzminova xonim tomonidan tayyorlangan yapon choyi (matcha) va an'anaviy shirinliklaridan bahramand bo‘ldilar. Bu tadbir yapon madaniyatini yanada chuqurroq tushunishga va yapon tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga yordam berdi. Tadbirdan so‘ng talabalar yapon madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lganlari uchun minnatdorchilik bildirdirib, shuningdek, yapon tilini o‘rganishga va Yaponiyaga aloqador kasbiy faoliyatni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishning sezilarli darajada ortganini ta'kidlashdi.




※ KUZMINOVA xonim rahbarlik qilayotgan Toshkentdagi Yaponiya choy marosimini oʻrganish jamiyati joriy yilning 1-maydan boshlab Urasenke Tankokai Bosh uyushmasi qoshida “Oʻzbekiston Urasenke choyi guruhi” sifatida rasmiy ravishda roʻyxatga olingan. Shuningdek, choy marosimi o‘qituvchisi KUZMINOVA xonim O‘zbekiston-Yapon markazida choy marosimi bo‘yicha kurslar o‘tkazadilar.