Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari Klubinig sakkizinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2024/10/21
1
2
3

  Joriy yilning 18 oktabr kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi qarorgohida UJUAC Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari klubining sakkizinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi turli o‘quv dasturlari bitiruvchilari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.

4
5

  Tadbir boshida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi XATORI Takashi qutlov so‘zi bilan chiqdi. O‘z nutqida janob Elchi Yaponiya universitetlarining O‘zbekistonlik bitiruvchilari klubining juda noyob va faol faoliyatini, shu jumladan tematik seminarlar o‘tkazish bo‘yicha yangi tashabbusni, shuningdek, ushbu sobiq talabalarning vataniga qaytganlaridan so‘ng O‘zbekistonni rivojlantirish va yapon-o‘zbek munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi. Shuningdek, u bitiruvchilarning so‘nggi yillarda tobora faollashib borayotgan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

6
7

  So‘ngra klub raisi Tinchurina Damira xonim ishtirokchilarni UJUAC klubining so‘nggi faoliyati bilan tanishtirdi va “Yaponiya fuqarolarining 40-yillarda O‘zbekistonda bo‘lganligi haqidagi unutilmas ekspozitsiya” muzey direktori o‘rinbosari Jalilova Risolat xonim Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi almashinuv tarixi haqida so‘zlab berdi. Taqdimotdan so‘ng yapon askarlarining O‘zbekistonliklar bilan almashuv tarixiga bag‘ishlangan “Hiiragi” nomli filmidan lavha namoyish etildi.

8
9
10
11

  Bitiruvchilar uchrashuvi munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatda qarorgohning rasmiy oshpazi janob Akiyama yapon taomlarini taqdim etdi va bitiruvchilar UJUAC klubining kelgusi faoliyati haqida qizg‘in fikr almashdilar.