Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari Klubinig to'qqizinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 6-dekabr kuni Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisining qarorgohida UJUAC (Uzbekistan Japan Universities Alumni Club)yapon universitetlari bitiruvchilarining 9-uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi - yapon universitetlari bitiruvchilari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Uchrashuv boshida Elchi Hirata Kenji nutq bilan soʻzga chiqib, 1996-yildan buyon Yaponiya hukumatining stipendiyali ta’lim dasturlari, shuningdek, JICA, JICE, JETRO va boshqa oʻquv dasturlari asosida koʻplab Oʻzbekiston fuqarolari Yaponiya universitetlarida tahsil olayotganini ta’kidlab oʻtdi. Shuningdek, bitiruvchilar davlat tashkilotlari hamda xususiy sektor sohalarida yuqori lavozimlarda faoliyat olib borayotganligi haqida ham qayd etib, bitiruvchilarning faoliyati ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Shundan soʻng, UJUAC raisi Tinchurina xonim tadbir ishtirokchilarini UJUAC faoliyati bilan tanishtirdi hamda UJUAC a’zosi janob Rijichenko “Osaka-Kansai EKSPO” koʻrgazmasi mavzusida taqdimot bilan chiqdi.
Uchrashuvdan keyingi ziyofatda elchi qarorgohining oshpazi janob Akiyama mehmonlarga yapon taomlarini taqdim etdi. Iliq va doʻstona muhit bitiruvchilar oʻrtasida faol muloqot uchun imkon yaratib, ularning oʻzaro kasbiy aloqalarini yanada kengaytirishga muhit yaratdi.
