Iyena krediti boʻyicha Almashinuv notalarining imzolanishi“Chorvachilikni rivojlantirish va hayvonlar salomatligini oshirish loyihasi”
2025-yil 17-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob HIRATA Kenji va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri janob Laziz QUDRATOV “Chorvachilikni rivojlantirish va hayvonlar salomatligini oshirish loyihasi” ni amalga oshirish uchun jami 21,368 milliard iyena (142 million AQSh dollaridan ortiq) miqdorida iyena krediti boʻyicha Almashinuv notalarini imzoladilar. Ushbu marosim 20-dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqotining birinchi Sammiti arafasida tashkil etildi.
Oʻzbekistonning oziq-ovqat bilan oʻzini oʻzi taʼminlashi aholining oʻsishi tufayli pasayishi kutilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining taxminan 50 foizini tashkil etuvchi chorvachilik sohasida ichki ishlab chiqarishni koʻpaytirish zaruriyati mavjud. Ushbu loyiha chorvachilik fermerlari va korxonalariga ikki bosqichli kreditlar berish va Respublika hayvonlar kasalliklarini tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga uskunalar yetkazib berish orqali chorvachilik sanitariya holatini mustahkamlaydi. Bu esa, oʻz navbatida chorvachilik sanoatini rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlanishiga hissa qoʻshadi.
Boʻlib otgan Sammitda eʼlon qilingan Qoʻshma bayonotda hamkorlikning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida “sanoatni diversifikatsiya qilish” qayd etilgan va bu hamkorlik buni amalga oshiradi. Ushbu loyiha Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishi kutilmoqda.
Kredit shartlari
(1) Foiz stavkasi: Yaponiya iyenasida 2.30%
(2) Muddati: 20 yil (6 yillik imtiyozli davrni inobatga olganda)
(3) Taqdim etish shartlari: cheklovsiz (untied)
