Yaponiya davlat byudjeti hisobidan deportatsiyani amalga oshirish
15-may kuni Yaponiya Immigratsiya Xizmatlari Agentligi Yaponiyada noqonuniy ravishda yashab turgan 2 nafar O’zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Har ikki shaxs “talaba” vizasi bilan Yaponiyaga borib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravishda qolgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan.
“Talaba” vizasi pul topish uchun emas, balki faqatgina o'qish uchun beriladi. Agar noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat qilish holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko'riladi.
Bundan tashqari, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik qilgan shaxslar haqida ma’lumotni O‘zbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Shu sababli, bunday shaxslarga nisbatan O'zbekistonga qaytganidan keyin ham tegishli choralar ko'rilishi mumkin. Iltimos, "Yaponiyada ishlash mumkin" kabi takliflarga osongina ishonmasligingizni so’raymiz.
Shuningdek, odatda, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun murojaat qilinsa, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan. Shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi. Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Bundan tashqari, soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralarni keltirib chiqarishi mumkin.
