Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hatori Takashi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali” bilan taqdirlandi.

2025/5/19
1
2
3

  15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Oltin medali”ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy mukofotni Yaponiya elchisi janob Hatori Takashiga akademiya prezidenti janob Nuridinov topshirdilar.
  Bu mukofot tarixda birinchi marta xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi rahbariga topshirilmoqda. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Oltin medali san’at va madaniyat rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, ko‘p yillik badiiy va ilmiy faoliyati uchun beriladi. Yaponiya elchisi janob Hatori Takashi ushbu mukofot bilan, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi faoliyati orqali ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va san’at sohasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida qo‘shgan ulkan hissasi e’tirofi sifatida taqdirlandilar. Shuningdek, “O‘zbekiston Badii Akademiyasi Fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan Yaponiya elchixonasida 20 yildan ortiq faoliyat yuritgan, Yaponiya elchixonasi xodimi Salixova Shahrizoda ham taqdirlandilar. Mukofot Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama madaniy aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan uzoq yillik va salmoqli hissasi e’tirofi sifatida topshirildi.
  Taqdirlash marosimida ishtirok etgan Akademiya prezidenti janob Nuridinov va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori janob Usmonov madaniyat sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qo‘shgan uzoq yillik xizmatlari uchun avvalroq Imperator ordeni bilan taqdirlangan edilar. (https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/ceremonynuridinovoreder.html,
https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/usmanovorder.html).

4
5
6

  Yaponiyaning O ‘zbekistondagi elchisi hamda Elchixona xodimlari kelgusida ham Badiiy akademiya prezidenti janob Nuridinov, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat Karvonsaroyi direktori janob Usmonov va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida faoliyatlarini davom etadilar.