Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi Direktori janob Usmanov Farrukh “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar” ordeni bilan taqdirlandi



2025-yilning 10-aprel kuni Yaponiya Elchining qarorgohida Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi Direktori janob Usmanov Farrukhni “Chiqayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar” ordeni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Karvonsaroy direktori janob Usmonov mukofoti ma ‘lumotni bizning saytimizda quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_uz/medalusmanov.html



Taqdirlash marosimida Yaponiya Elchisi janob Hatori tomondan janob Usmonovni mukofoti bilan tabriklab, yapon madaniyatini O‘zbekistonda ommalashtirish, shuningdek, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni rivojlantirishga qo‘shgan hissaslari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari, janob Hatori O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi janob Niridinovga, akademiya va Karvonsaroy xodimlariga ko‘rsatgan yordamlari va hissaslari uchun minnatdorchilik bildirdi. Marosim davomida muxtor Elchi janob Usmanovga faxriy yorliq va mukofotni topshirdi. O‘z nutqida janob Usmonov orden bilan taqdirlangani uchun xursandchilik va minnatdorchilik bildirdib, ikki tomonlama munosabatlar rivojiga bundan buyon ham o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilganligini ta’kidladi. Yakunda Badiiy akademiyasining raisi janob Nuridinov so‘zga chiqib, janob Usmonov va Karvonsaroy faoliyatiga yuqori baho berdi.
Yaponiya elchixonasi karvonsaroyi Direktori janob Usmanovga Yaponiya-O‘zbekiston munosabatlarini madaniy sohada chuqurlashtirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi va hamkorligi uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiradi va uni mukofoti bilan samimiy tabriklaydi.

